NORMAT TURSUNOV NAVBAHORDA AHOLI XONADONLARIDAGI MAVSUMIY VA IJTIMOIY MUAMMOLARNI O‘RGANDI

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Navbahor tumanidagi "Saroy” va "Vomitan” mahallalaridagi xonadonlarga kirib, aholini qishki mavsumda va umuman, turmush tarzini yaxshilashi uchun duch kelayotgan muammolarini o‘rgandi.
Xususan, "Vomitan” mahallasidagi 2 ta va "Saroy” mahallasidagi 1 ta xonadonga tashrif chog‘ida ularga oziq-ovqat mahsulotlari taqdim qilindi va xonadonlar egalarini qiynayotgan muammolar tinglandi. Mazkur xonadonlar vakillari ko‘targan bandlik masalasini hal etish viloyat rahbarining shaxsiy nazoratiga olindi.
Shundan so‘ng hududdagi 15-umumta’lim maktabida hudud aholisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda bugungi sovuq kunlarda aholini qiynayotgan ichimlik suvi, tabiiy gaz, elektr energiyasi, ko‘mir yoqilg‘isi bilan bog‘liq muammolar tinglanib, ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha tezkor choralar belgilandi.

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.