Янгиликлар


 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Aholini roʻyxatga olishni oʻtkazishning tashkiliy rejasi

 

 

Maʼlumki, 2023-yil 1-25-noyabr kunlari Respublikamizda aholini roʻyxatga olish tadbiri oʻtkaziladi. Aholini roʻyxatga olishni oʻtkazishning tashkiliy rejasi Navoiy viloyati hududiy komissiyasi tomonidan tumanlar (shaharlar) boʻyicha alohida tuziladi.

Roʻyxatga olish uchastkalarining chegaralari har bir roʻyxatga olish uchastkasiga toʻgʻri keladigan yuklamani (qishloq joylarda oʻrtacha 8 750 kishi va shaharlarda oʻrtacha 11 250 kishi) hisobga olgan holda maʼmuriy-hududiy boʻlinish yaxlitligini (tuman yoki shahar darajasida) saqlash sharti bilan belgilanadi.

Roʻyxatga olish uchastkalari har bir instruktorga toʻgʻri keladigan yuklamani (qishloq joylarda oʻrtacha 1 750 kishi va shaharlarda oʻrtacha 2 250 kishi) va aholi punktidagi aholi zichligini hisobga olgan holda instruktorlik uchastkalariga boʻlinadi.

Instruktorlik uchastkalari har bir roʻyxatga oluvchiga toʻgʻri keladigan yuklamadan (qishloq joylarda oʻrtacha 350 kishi va shaharlarda oʻrtacha 450 kishi) kelib chiqib hisob uchastkalariga boʻlinadi.

Hududiy komissiyalar va respublika komissiyasi qaroriga asosan borish qiyin boʻlgan va olis hududlarda hisob uchastkasidagi aholining soni oʻrtacha 250 nafardan iborat boʻlishi mezon sifatida olinadi.

Ayrim hollarda uchastkalarni tuzishda roʻyxatga oluvchiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha yuklama belgilangan normalardan kam yoki koʻp boʻlishi mumkin.

Hisob uchastkasi, instruktorlik va roʻyxatga olish uchastkalari sonidan kelib chiqib roʻyxatga olish jarayonlariga vaqtincha jalb etiladigan xodimlar soni aniqlanadi.

Shuningdek, roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish jarayonida viloyat hududi shartli ravishda uy-joy roʻyxatini tuzish uchastkalariga boʻlinadi, bunda uchastka chegaralari oʻrtacha 750 ta uy-joyni qamrab oladi.

Har bir uy-joy roʻyxatini tuzish uchastkalariga uy-joy roʻyxatini tuzuvchilar biriktiriladi. Uy-joy roʻyxatini tuzuvchilar faoliyatini tuman roʻyxatga olish boʻlimi boshligʻi nazorat qiladi.

Uy-joylar roʻyxatini tuzuvchilar 2022-yil 1-avgustdan 1-sentyabrgacha boʻlgan davrda maxsus oʻqitiladi hamda bino va uy-joylar roʻyxatini tuzish uchun jalb etiladi.

Tashkiliy rejani tuzishda koʻzda tutilmagan holatlarni (betoblik, baxtsiz hodisalar, yuklatilgan vazifalarni toʻliq bajarmaslik va boshqalar) hisobga olgan holda hisob uchastkasi, instruktorlik va roʻyxatga olish uchastkalariga vaqtincha jalb etiladigan xodimlar umumiy sonining 10 (oʻn) foizi miqdorida ish haqi toʻlanmagan holda kadrlar zaxirasi shakllantiriladi.

Koʻzda tutilmagan holatlar yuzaga kelganda roʻyxatga olish jarayonlariga zaxiradan jalb etilgan xodimlarga belgilangan tartibda ish haqi toʻlanadi.

 

 

Tuman statistika boʻlimi


Янгиликлар

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.