Navbahorlik yoshlar viloyatimizning ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlariga tashrif buyurdilar

Navbahor tuman Maʼnaviyat va maʼrifat boʼlinmasi tashabbusi bilan joriy yil 27-oktabrda хalq ta`lim bo`limi hamkorligida oʼquvchi-yoshlar ishtirokida ijtimoiy-maʼnaviy obyektlarga sayohat tashkil etildi. Sayohat boshida dastavval Prezidentimiz tashabbusi bilan bunyod etilgan Navoiy viloyatida yagona boʼlgan MONOMARKAZga tashrif buyurildi, bu yerda oʼquvchilar yaratib berilgan sharoitlarni koʼrib, kasbga bo`lgan qiziqishlari yana bir karra ortdi. Bu yerda ogʼil-qizlarimiz uchun qiziqishlariga qarab barcha kasblar mavjudligiga guvoh boʼlishdi. Sayohat davomida Respublikada yagona bo`lgan Maʼnaviyat va Maʼrifat markaziga tashrif buyurildi. Bu yerda bizni Respublika Manaviyat va marifat markazi Navoiy viloyati boʼlimi rahbari Akrom Qodirovich kutib oldi, oʼquvchilar bilan dildan suhbat qildi. Maʼnaviyat va ma`rifat markazi haqida oʼquvchilarga soʼzlab, soʼzi davomida maʼnaviyatning inson hayotidagi oʼrnini tushuntirib oʼtdi. Sayohat yakunida Farhod madaniyat saroyida joylashgan Navoiy kon metallurgiya konbinati muzeysiga tashrif buyurildi. Muzeyda Navoiy kon metallurgiya konbinati ichki strukturasi, tarixi va faxriy hodimlarihamda boshqa qiziqarli maʼlumotlarga ega bo`lishdi.   

Navbahorlik yoshlar viloyatimizning ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlariga tashrif buyurdilar
Navbahorlik yoshlar viloyatimizning ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlariga tashrif buyurdilar
Navbahorlik yoshlar viloyatimizning ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlariga tashrif buyurdilar
Navbahorlik yoshlar viloyatimizning ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlariga tashrif buyurdilar
Navbahorlik yoshlar viloyatimizning ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlariga tashrif buyurdilar
Navbahorlik yoshlar viloyatimizning ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlariga tashrif buyurdilar
Navbahorlik yoshlar viloyatimizning ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlariga tashrif buyurdilar
Navbahorlik yoshlar viloyatimizning ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlariga tashrif buyurdilar                                                                                                                                                            

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.