VATANPARVAR

Joriy yilning 27-dekabr kuni Navbahor tumanidagi 9-umumiy o'rta ta'lim maktabida yurtboshimiz tomonidan 2019 yil 15 dekabrdan 2020 yilning 15 yanvariga qadar yurtimizdagi barcha umuta'lim maktablarida "Vatanparvarlik oyligi" e'lon qilinganligi munosabati bilan "Vatanparvarlik milliy yuksalish kafolati!" shiori ostida tuman miqyosida tadbir o'tkazildi.Tadbirda Tuman ma'naviyat va ma'rifat bo'limi rahbari A.Abduhalilov, Tuman XTB ma'naviy-axloqiy tarbiyalash shu'ba rahbari S.Kenjayeva,Tuman mudofaa bo'limi, "Vatanparvar" tashkiloti xodimlari, tumandagi 37 ta maktabdan CHQBT o'qituvchilari,9-11 sinf o'quvchilaridan 5 nafardan yigitlar ishtirok etishdi.Tadbirda yigitlar o'rtasida vatanparvarlik ruhini aks ettiradigan rasmlar tanlovi, "Askar akamga maktub" mavzusida insholar tanlovlari hamda masofadan o'q otish, tosh ko'tarish, arqon tortish musobaqalari o'tkazildi.Mudofaa bo'limi xodimlari tomonidan o'quvchi-yigitlarga o'q otish qurollari haqida tushunchalar berildi.Tadbir ko'tarinki kayfiyatda bo'lib o'tdi.
VATANPARVAR
VATANPARVAR
VATANPARVAR
VATANPARVAR

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.