Ijand qishlog‘iga sayohat qilish uchun qanday sabablar bor deysiz

Jahon miqyosida sanoat hamda ishlab chiqarish zavodlarining ko‘payganligi beehtiyor insonlarni ekoturizm rivojlangan bahavo joylarga sayohat qilishga undaydi. Ana shunday turizm rivojlangan hududlardan biri Navoiy viloyatining Navbahor tumani hisoblanadi.

Hech kimga sir emasku mazkur hududda dunyoda mashhur Sarmishsoy qoyatosh suratlari mavjud. Ammo har bir hududning o‘ziga hos jozibador tomonlari bor bo‘lgani kabi Navbahor tumanining ham siz va biz bilmagan ajoyib tabiati hamda ekoturizm hududlari mavjud. Ushbu hududlarga sayohat qilganingizda ko‘nglingizga sokinlik, qalbingizga taskin va albatta bir yilga yetarli energiya olishingiz mumkin.

Ijand qishlog‘iga sayohat qilish uchun qanday sabablar bor deysizmi?

1️⃣ Bepoyon lolazorlar 🌷
2️⃣ Musaffo havo 🌌
3️⃣ Sokin va diltortar manzillar 🌄
4️⃣ Qalbi pok va mehmondo‘st qishloq aholisi ☺️
5️⃣ Turistik xizmatlar tashkil etilgan ekoturizm hududi 🏕

Sizga ushbu sabablar yoqdimi unda quyidagi lokatsiya (https://www.google.com/maps/place/40%C2%B013'05.9%22N+65%C2%B036'30.7%22E/@40.2183104,65.6077806,287m/data=!3m2!1e3!4b1!4m6!3m5!1s0x0:0x4369a18f8d816045!7e2!8m2!3d40.2183087!4d65.6085243) orqali Ijandga tashrif buyuring.
Ijand qishlog‘iga sayohat qilish uchun qanday sabablar bor deysiz
Ijand qishlog‘iga sayohat qilish uchun qanday sabablar bor deysiz
Ijand qishlog‘iga sayohat qilish uchun qanday sabablar bor deysiz
Ijand qishlog‘iga sayohat qilish uchun qanday sabablar bor deysiz
Ijand qishlog‘iga sayohat qilish uchun qanday sabablar bor deysiz

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.