Navbahor tumanida “Kitobxonlik haftaligi” boshlandi

2022 yilning 18-22 aprel kunlari O'zbekiston bo'ylab "Kitobsevar millat” shiori ostida Axborot Ommaviy Kommunikatsiyalar Agentligi tomonidan tashkillashtirilgan II Respublika haftaligining tantanali ochilish marosimiga start berildi.
  2022 yil 18 aprel kuni Navbahor tuman Axborot-kutubxona markazida Navbahor tuman hokimligi, O'zbekiston Respublikasi  Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi, xalq ta’limi bo‘limi, Navbahor kasb-hunar maktabi, tuman ko‘zi ojizlar kutubxonasi bilan hamkorlikda  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 dekabrdagi "2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 781-sonli qarori, ijrosini ta’minlash maqsadida "Kitobxonlik haftaligi" ni tantanali ochilish marosimi hamda "Kitoblarda olam mujassam" mavzusida adabiy-badiiy kecha o‘tkazildi. Tadbirni kirish so‘zi bilan tuman Axborot-kutubxona markazi direktori I.Hamroyev ochib berdi. Shundan so‘ng so‘zga tuman hokimi o‘rinbosari K. Allayev  chiqib, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek "Kitobsiz kelajak yo‘q" deya ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash masalasiga alohida to‘xtalib o‘tdilar, ma’naviy tarbiyani asosi esa kitobdan boshlanadi.
Tadbir davomida tuman Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi rahbari M.Ahmedov, XTB metodisti B.Bo`ronov ishtirok etib, barcha  kitobxonlarni kitob bayramlari  bilan  tabrikladilar, bu yilgi tadbir ham shaklan, ham mazmunan o‘ziga xoslik kasb etayotgani ta’kidladilar. 
Tadbirda  Navbahor kasb-hunar maktabi, 11-sonli bolalar  musiqa va san’at maktabi,  2-5-maktabi  o‘quvchilari o‘zlarining badiiy-musiqiy chiqishlari hamda sahna ko`rinishlarini namoyish etdilar. AKM tomonidan kitob ko‘rgazmalari, tadbirda tuman umumta’lim maktab kutubxonachilari, aholining faol kitobxonlari hamda o‘quvchi yoshlar ishtirok etishdi.
 
Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.