Bugun xalq deputatlari Navbahor tuman Kengashining 42-sessiyasi bo`lib o`tdi.
Kun tartibida quyidagi masalalar ko`rib chiqildi.
1. Tuman xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli №12-, №34-sonli maktablarning vakant direktorlik lavozimiga tavsiya etilgan nomzodlar, taʼlim muassasalarining 3 yillik dasturi bilan ishtirok etgan eng yaxshi deb topilgan nomzodlarni tavsiya etish toʻgʻrisida.
Axborot beruvchi: X.Raxmatov tuman xalq taʼlimi boʻlimi boshligʻi
Taqdimot uchun soʻzga chiquvchilar: №12-, №34-umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktorligiga nomzodlar.
2. Navbahor tumanidagi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonasi tomonidan sektorlar va hududiy tashkilotlar rahbarlarining tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash boʻyicha faoliyati toʻgʻrisida kiritgan axboroti yuzasidan tumandagi mas`ul tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini tinglash holati.
Axborot beruvchi: N.Isayev-tuman tadbirkorlik qabulxonasi mudiri
3. "Deputatni maʼmuriy javobgarlikka tortishga rozilik olish haqidagi” tuman prokuraturasining 2022-yil 31-yanvardagi № 16/1-22-sonli taqdimnomasi ijrosi toʻgʻrisida va boshqa masalalar ko`rib chiqildi, deputatlar tomonidan fikr mulohazalar bildirilib ma`qullandi.