Аholini ro‘yxatga olish tartiblaridan xabardormisiz?

Soʻrovnomalar asosiy demografik koʻrsatkichlar, aholining mexanik harakati, migratsiyasi, milliy xususiyatlari, fuqaroligi, taʼlim darajasi, uy xoʻjaligi aʼzolarining iqtisodiy holati, bolalar soniga oid savollardan iborat boʼladi. Yashab turgan xonadonida roʻyxatdan oʻtishni istamagan respondentlar uchun roʻyxatga olish soʻrovnomalarini toʻldirish ularning oʻzlari yashab turgan mahallalarda tashkil etiladigan instruktorlik uchastkalarida amalga oshiriladi. Respondentlar tomonidan taqdim etilgan shaxsga doir maʻlumotlarning maxfiyligi va ularning mazmuni oshkor etilmasligi roʻyxatga oluvchi tomonidan kafolatlanadi.
Ikkinchi usulda respondentlarga qulaylik yaratish maqsadida internet jahon axborot tarmogʻi orqali roʻyxatdan oʻtish imkoniyati yaratiladi. Bunda soʻrovnomalar aholining oʻzi tomonidan maxsus dastur orqali toʻldirilib, belgilangan elektron manzilga joʻnatiladi.
Аholini roʻyxatga olishning birlamchi maʼlumotlari hududiy statistika boshqarmalari huzurida tashkil etiladigan markazlarda maxsus dasturiy taʼminot asosida 2024- yil 1- yanvardan 31- dekabrga qadar operatorlar tomonidan elektron bazaga kiritiladi. Roʻyxatga oluvchi xodimlar tomonidan tayyorlangan yigʻma roʻyxatlar natijalari asosida shahar va qishloqlar, shu jumladan, erkaklar va ayollar boʻyicha aholi soni toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumotlar esa 2024- yil 1- martga qadar tayyorlanadi. Аholini roʻyxatga olishning elektron maʼlumotlar bazasi 2025- yil 1- dekabrgacha tahlil etiladi va yakuniy maʼlumotlar respublika hamda hududlar boʻyicha shakllantirilib, rasman eʼlon qilinadi.
Mazkur vazifalar tizimli tarzda amalga oshirilgani holda, roʻyxatga olish orqali respublika aholisi va uning farovonligi toʻgʻrisida ishonchli maʼlumotlar toʻplanadi. Ular aholi soni, tarkibi va taqsimlanishi boʻyicha toʻliq bazani shakllantirish bilan birga, Milliy rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish, ularda foydalaniladigan demografik oʻzgarishlar tendentsiyalari, mehnat resurslari joylashuvi hamda ilmiy tadqiqotlar olib borishda qoʻl keladi.

Navbahor tuman statistika bo‘limi   
Аholini ro‘yxatga olish tartiblaridan xabardormisiz?                                                                                              

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.